11-iyun kuni ob-havo qanday bo‘ladi

Foto: Kontent tayyorlash markazi
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 11-iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim viloyatlarda 39 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–22 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 darajagacha ko‘tariladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun davomida havo yanada issiq bo‘ladi. Ushbu hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19–24 daraja, kunduzi esa 34–39 darajagacha yetadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Momaqaldiroq vaqtida shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

O‘zgidromet 10–12-iyun kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Qaynoq24.uz 10-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.