Ichki ishlar bo‘linma boshlig‘i 2,5 ming dollar olayotganda ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahrida ichki ishlar bo‘linma boshlig‘i 2,5 ming dollar olayotganda ushlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shayxontohur tumani IIO FMB TQX Jinoyat qidiruv bo‘limi bo‘linma boshlig‘i tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan firibgarlik moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 7 ming dollar talab qilgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, u tadbirkorga tegishli restoranda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida muassasa ishchisi kuyish jarohati olgani yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun yana 500 dollar so‘ragan. Shu tariqa mansabdor shaxs jami 7,5 ming dollar talab qilgani ma’lum qilingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi oldindan 2,5 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda maktab direktorligiga ishga kiritishni va’da qilgan MMTB bo‘lim boshlig‘i ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.