Ishlab chiqarish sohasidagi 1 mingdan ortiq korxonaning soliq qarzi 1,5 trln so‘mdan oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyun holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari soni 1 014 tani tashkil etdi. Ularning jami soliq qarzdorligi 1,5 trln so‘mdan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qarzdorlikning 565,6 mlrd so‘mi yoki 36,3 foizi soliq qarzi eng yuqori bo‘lgan 10 ta korxona hissasiga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida eng yuqori soliq qarzdorligi Farg‘ona viloyatida qayd etilgan. Viloyatda 96 ta ishlab chiqarish korxonasining jami soliq qarzi 354,3 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati turibdi — bu hududda 150 ta korxonaning qarzdorligi 299,6 mlrd so‘mga yetgan. Uchinchi pog‘onani Andijon viloyati egalladi. Bu yerda 110 ta korxonaning soliq qarzi 197,5 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida 104 ta ishlab chiqarish korxonasining 91,7 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 96 ta korxonaning 87,6 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 74 ta korxonaning 67,4 mlrd so‘m soliq qarzi mavjud.

Soliq qarzi eng yuqori korxonalar ro‘yxatida Farg‘ona viloyatidagi “Shaffof Metan Sanoat” MChJ birinchi o‘rinni egallagan. Korxonaning qarzdorligi 196,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyatidagi “Silikon Color” MChJ 75,2 mlrd so‘mlik qarz bilan qayd etilgan. Uchinchi pog‘onada esa Farg‘ona viloyatidagi “Granula Plast Sifat” MChJ turibdi — korxonaning soliq qarzi 69,5 mlrd so‘mga teng.

Bundan tashqari, eng yirik qarzdorlar qatoridan “Metalicom Impex” MChJ, “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Sherobod sement zavodi” MChJ, “So‘nmas-Plast” MChJ, “Petromaruz Uzbekistan” MChJ, “Urban Lyuks” MChJ va “Komsar” MChJ ham o‘rin olgan.

Qaynoq24.uz qurilish kompaniyalarining soliq qarzdorligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.