Honor 600 Smart 5G 7700 mA/soat batareya bilan taqdim etildi

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi global bozor uchun Honor 600 Smart 5G smartfonini taqdim etdi.Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Qurilma Honor 600 seriyasining boshlang‘ich darajadagi modeli sifatida joylashtirilgan bo‘lib, unda asosiy e’tibor katta batareya, chidamlilik va yirik displeyga qaratilgan. Honor 600 Smart 5G 6,87 dyuymli LCD displeyga ega. Ekran HD+ formatida, ya’ni 1592×720 piksel aniqlikda tasvir beradi, yangilanish chastotasi 120 Hzni tashkil qiladi. Yorqinlik darajasi esa 1020 nitgacha yetadi.

Smartfon dunyoda Snapdragon 4 Gen 4 chipi bilan jihozlangan ilk model sifatida taqdim etildi. Qurilma 4 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotira bilan sotuvga chiqadi. Shuningdek, RAM Turbo texnologiyasi orqali ichki xotiraning bir qismi virtual tezkor xotira sifatida ishlatilishi mumkin.

Modelning asosiy jihatlaridan biri — 7700 mA/soat sig‘imli akkumulyator. Bu Honor 600 va Honor 600 Pro‘dagi 7000 mA/soat batareyadan ham kattaroq. Qurilma 45 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, smartfon bir quvvat bilan 28 soatgacha video tomosha qilish yoki ayrim sharoitlarda 93 soatgacha ishlash imkonini beradi.

Honor 600 Smart 5G Android 16 asosidagi MagicOS 10.0 tizimida ishlaydi. Smartfon 50 megapikselli asosiy kamera va 5 megapikselli old kamera bilan jihozlangan. Bundan tashqari, stereo dinamiklar, ovozni 400 foizgacha kuchaytirish rejimi, AI tugmasi, yuz orqali qulfdan chiqarish va USB Type-C porti mavjud.

Chidamlilik borasida qurilma IP64 darajasida chang va sachrashdan himoyaga ega. Honor’ning ta’kidlashicha, smartfon 2,5 metrgacha balandlikdan tushishga bardosh bera oladi. Shuningdek, u 1,5 metr chuqurlikdagi suvda 30 daqiqagacha ishlashi mumkinligi aytilmoqda.

Honor 600 Smart 5G Fransiyada 219 yevro narxda e’lon qilindi. Smartfon qora va kumush ranglarda sotuvga chiqadi. Uning Yevropada shu oy oxirida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Honor X80 Pro Max 10 ming nit yorqinlikdagi ekranga ega ilk smartfon bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.