Surxondaryoda 302,5 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Surxondaryo viloyatida tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda qalbaki aksiz markali alkogol va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritish holatining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Boysun tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “B.A.” xususiy korxonasi rahbari R.A. “Tuzbozor” MFY hududidagi savdo do‘konida hujjatsiz va qalbaki aksiz markali mahsulotlarni savdoga qo‘ygani aniqlangan.

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 302,5 mln so‘mlik 6 935 dona alkogol mahsuloti hamda 3 456 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan qalbaki aksiz markalarini muomalaga kiritish hamda alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda qalbaki 10 ming dollar sotgan shaxs ushlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.