Markaziy bank tomonidan 16-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 23,49 so‘mga ko‘tarilib, 12 088,98 so‘mni tashkil etdi.
Yevro 47,33 so‘mga qimmatlab, 13 801,99 so‘mga, Britaniya funt sterlingi esa 43,51 so‘mga oshib, 16 187,14 so‘mga yetdi.
Shveysariya franki 49,12 so‘mga ko‘tarilib, 14 908,10 so‘mni tashkil qildi. Xitoy yuani 4,39 so‘mga qimmatlab, 1 784,43 so‘mga, Yaponiya iyenasi esa 0,06 so‘mga oshib, 74,45 so‘mga yetdi.
Rossiya rubli asosiy xorijiy valyutalar orasida arzonlagan yagona valyuta bo‘ldi. Uning kursi 1,19 so‘mga pasayib, 154,47 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 15-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


