O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash jarayonida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Hujjat yo‘l qurilishida bajarilgan ishlarning sifati va ularning loyiha hamda boshqa yo‘l-qurilish hujjatlariga muvofiqligini laboratoriya sinovlari orqali aniqlash tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, pudrat tashkiloti bajarilayotgan ishlar sifatini doimiy ravishda laboratoriya nazoratidan o‘tkazib borishi shart. Agar pudratchining o‘z sinov laboratoriyasi bo‘lmasa, bunday xizmat shartnoma asosida boshqa laboratoriyadan jalb qilinadi.
Buyurtmachi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish yoki ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ish hajmlarini qabul qilishda ularning sifati va belgilangan hujjatlarga muvofiqligini tekshirish uchun alohida sinov laboratoriyasini jalb etadi. Ushbu laboratoriya akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak, uni tanlash esa «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida amalga oshiriladi.
Qaynoq24.uz Toshkent metrosida yo‘l haqi masofaga qarab belgilanishi haqida yozgan edi.


