23-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: iStock
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 23-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9,19 mln so‘mdan sotilmoqda.

Qadog‘i but holatda uni qaytarib sotib olish narxi 7,92 mln so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan taqdirda esa ekspertizadan so‘ng 7,84 mln so‘mni tashkil etadi.

10 grammli quyma narxi 18,38 mln so‘m etib belgilandi. Banklar uni qadog‘i saqlangan holatda 15,85 mln so‘mga, qadog‘i buzilgan bo‘lsa 15,69 mln so‘mga qaytarib sotib oladi.

20 grammli oltin quyma 36,76 mln so‘mdan sotiladi. Uning qayta xarid narxi qadog‘i but holatda 31,71 mln so‘m, qadog‘i shikastlangan yoki talablarga javob bermagan holatda 31,39 mln so‘mni tashkil qiladi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQadog‘i but holatda qayta sotib olishQadog‘i buzilgan holatda qayta sotib olish
5 gramm9 191 000 so‘m7 926 000 so‘m7 846 000 so‘m
10 gramm18 383 000 so‘m15 853 000 so‘m15 693 000 so‘m
20 gramm36 765 000 so‘m31 705 000 so‘m31 385 000 so‘m
50 gramm91 913 000 so‘m79 263 000 so‘m78 463 000 so‘m
100 gramm183 827 000 so‘m158 527 000 so‘m156 925 000 so‘m

Qaynoq24.uz 23-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.