Honor X7e Plus smartfoni sotuvga chiqdi — narx

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan Honor X7e Plus smartfoni Birlashgan Arab Amirliklarida sotuvga chiqarildi. Bu haqda GSMArena xabar berdi.

Qurilmaning 6 GB tezkor va 128 GB ichki xotirali boshlang‘ich versiyasi $245 ga baholandi. Avvalroq modelning narxi $275 atrofida bo‘lishi kutilgan edi.

Honor X7e Plus’ning asosiy xususiyatlaridan biri 8100 mA·soat sig‘imli katta akkumulyator bo‘ldi. Smartfon 45 vattli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday batareya qurilmaning kundalik foydalanish, video tomosha qilish va o‘yinlarda uzoq vaqt ishlashiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foto: Honor

Model korpusining himoyasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Qurilma IP69K darajasida suv va changdan himoyalangan. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, smartfon 2,5 metr balandlikdan tushib ketishga ham bardosh bera oladi.

Honor X7e Plus 6,87 dyuymli IPS ekran bilan jihozlangan. Displey HD+ aniqlikka ega. Smartfonning apparat asosini boshlang‘ich toifadagi Qualcomm Snapdragon 4 Gen 4 protsessori tashkil etadi.

Qurilma 6/128 GB va 8/256 GB xotira konfiguratsiyalarida taklif qilinadi. Orqa panelda 50 megapikselli asosiy kamera, old tomonda esa 5 megapikselli selfi kamerasi joylashtirilgan.

Foto: Honor

Smartfon Android 16 operatsion tizimi asosidagi MagicOS 10.0 interfeysida ishlaydi. Dasturiy ta’minotga suratlarni videoga aylantiruvchi AI Image to Video 2.0, rasmlardagi keraksiz obyektlarni o‘chiruvchi AI Eraser, AI Recorder va Magic Portal kabi sun’iy intellekt funksiyalari kiritilgan.

Honor X7e Plus hozircha Birlashgan Arab Amirliklari bozorida sotuvga chiqarildi. Modelning boshqa mamlakatlarda qachon paydo bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Qaynoq24.uz Honor 600 Pro smartfonining yangi versiyasi taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.