2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda yettita hayvonot bog‘i faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hayvonot bog‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan. Ularda saqlanayotgan hayvon turlari soni 744 tani tashkil etdi. Bu 2024-yilga nisbatan 107 taga yoki 12,6 foizga kam.
2025-yilda O‘zbekistondagi hayvonot bog‘lariga qariyb 1,5 mln marta tashrif buyurilgan. Tashriflar soni bir yil ichida 233,4 mingtaga yoki 18,9 foizga oshgan.
Hisobot davrida har 10 ming nafar aholiga hayvonot bog‘lariga 387 ta tashrif to‘g‘ri kelgan.
Qaynoq24.uz norasmiy sektorda 26,7 trln so‘mlik qurilish bajarilgani haqida yozgan edi.


