Qashqadaryoda qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Qashqadaryo viloyatida qadimiy oltin tangalarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida Muborak tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida fuqaro M.K. qo‘lga olindi. U 1897–1901-yillarda Rossiya imperiyasida zarb qilingan, “Nikolay II” yozuvi tushirilgan 10 dona qadimiy oltin tangani fuqaro Sh.H.ga 71 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Foto: Departament

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur tangalarning umumiy sof vazni 42,74 grammni tashkil etadi. Ular qimmatbaho oltin qotishmasidan tayyorlangani tasdiqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Andijonda imtiyozli ko‘mirni noqonuniy sotgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.