O‘zbekiston Respublikasida 12-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xizmati xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga yaqin yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shamol sharqdan esadi, harorat kechasi 7–9 daraja iliq, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qashqadaryoning ayrim hududlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, ayrim hududlarda 2 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 1–6 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
Qaynoq24.uz nashri 11-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

