Toshkentda ofis ijarasi bozori bir yilda 10,2 foizga kengaydi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

CMWP Uzbekistan hisobotiga ko‘ra, 2025-yil yakuni bo‘yicha Toshkentdagi ofis bozori maydoni 754,4 ming kvadrat metrga yetgan. Shundan 591,2 ming kvadrat metri ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan maydon bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 10,2 foiz ko‘pdir. Bu haqda Kursiv Uzbekistan platformaga tayanib xabar berdi.

Yil oxiriga kelib shahar bo‘yicha bo‘sh turgan ofis maydoni 95 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Bu umumiy bozordan qariyb 16 foiz degani. O‘tgan yilda bo‘sh maydonlar 137 ming kvadrat metr bo‘lgani qayd etilgan.

Hisobotda aytilishicha, 2025-yilda ofis ijarasi o‘rtacha narxi 7 foizga oshgan. A/A+ toifa ofislarda bir kvadrat metr uchun ijara qiymati 34,6 dollar, B/B+ toifasida esa 27,3 dollar deb ko‘rsatilgan. Narxlarning o‘sishi bo‘sh maydonlar qisqarishi va ijaraga beruvchilarning yuqori kutilmalari bilan bog‘langan.

Toshkent bozorining asosiy qismini B va B+ toifali ofislar egallab, ularga umumiy maydonning 69 foizi to‘g‘ri keladi. A va A+ segmentlari 22 foizni tashkil etadi. Yil davomida bo‘sh ofislar ulushi B/B+ segmentida qariyb 9 foizga, A/A+ toifasida esa qariyb 45 foizga kamaygan.

Qaynoq24.uz 11 oyda 7,5 mln tonna ko‘mir qazib olingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.