Xitoy AQSHni ogohlantirdi

Foto: hk01.com
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Xitoy AQSHga nisbatan ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin Pekinda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Mao Ninning aytishicha, Pekin AQSHning Arktikadagi manfaatlarini ilgari surish uchun Xitoy yoki Rossiyani bahona sifatida ko‘rsatishiga rozi emas. U Xitoyning Arktikadagi faoliyati mintaqada tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xitoy TIV vakili bu boradagi pozitsiyasini Germaniya tashqi ishlar vaziri Iogann Vadefulning bayonotiga izoh berish davomida bildirgan. Vadeful Islandiyaga tashrifi chog‘ida AQSH prezidenti Donald Trampga NATO doirasida Arktikada Xitoy va Rossiyadan kelayotgan “xavflarga” qarshi birgalikda choralar ko‘rishni taklif qilgan edi.

Mao Nin Xitoy Arktikadagi faoliyatini xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq olib borayotganini qayd etdi. U AQSH Xitoy yoki Rossiyani bahona qilib, o‘z manfaatlarini ilgari surishiga Pekin qarshi ekanini ochiq aytdi.

Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Grenlandiyaning ehtimoliy tarzda AQSHga qo‘shilishi Rossiya va Xitoyni Arktikada tiyib turish uchun zarur ekanini bildirgan edi.

Financial Times nashrining yozishicha, Shimoliy Yevropa davlatlari diplomatlari Donald Trampning Rossiya va Xitoy kemalari Grenlandiya yaqinida harakatlanayotgani haqidagi bayonotlarini rad etgan. Ularning aytishicha, so‘nggi yillarda Grenlandiya atrofida Rossiya yoki Xitoy kemalari hamda suvosti kemalari borligi kuzatilmagan.

Qaynoq24.uz Tramp Eron bilan savdo qiluvchi davlatlarga 25 foizlik boj joriy etgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.