O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 4-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasining sotish narxi 10 077 000 so‘mni tashkil etdi, qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9 593 000 so‘m, qadoqlari buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaganda 9 496 000 so‘m etib belgilandi.
10 grammli oltin quymasi 20 154 000 so‘mdan sotilmoqda. Uni qaytarib sotishda but holatda 19 185 000 so‘m, texnik ekspertizadan so‘ng mos kelmagan taqdirda 18 992 000 so‘m taklif qilinadi. 20 grammli quyma narxi 40 309 000 so‘m bo‘lib, qayta sotib olishda mos ravishda 38 371 000 so‘m va 37 983 000 so‘mni tashkil etadi.

50 grammli oltin quymasi 100 772 000 so‘mdan sotilmoqda. Qaytarib sotishda but holatda 95 927 000 so‘m, texnik talabga mos kelmaganda 94 958 000 so‘m belgilangani ma’lum qilindi. 100 grammli oltin quymasining sotish narxi 201 544 000 so‘m bo‘lib, qayta sotib olish qiymati 191 854 000 so‘m va 189 916 000 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 4-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

