AQSh Rossiya neft tankerini Kubaga o‘tkazdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh Rossiyaga tegishli neft tankerini Kuba tomon o‘tkazib yubordi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Anatoliy Kolodkin” tankeri 730 ming barrel neft bilan Kuba tomon yo‘l olgan. Kema allaqachon orolning sharqiy qismiga yetib kelgan. U 31-mart kuni Matansas portiga kirishi kutilmoqda.

Kuba yaqinida AQSh sohil qo‘riqlash xizmati kemalari bo‘lgan. Biroq ular tankerga nisbatan hech qanday choralar ko‘rmagan. The New York Times yozishicha, ularga kemani to‘xtatish bo‘yicha buyruq berilmagan. AQSh prezidenti Donald Tramp bu holatga izoh berib, neft yetkazib berishda muammo ko‘rmayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday davlat Kubaga neft yuborishi mumkin.

Mutaxassislar bu yetkazib berish Kuba uchun muhim ekanini ta’kidladi. Ushbu hajm mamlakatni kamida bir necha hafta yoqilg‘i bilan ta’minlashi mumkin. Avvalroq AQSh Venesuelaga qarshi choralar ko‘rganidan so‘ng Kuba asosiy neft yetkazib beruvchidan mahrum bo‘lgan edi. Yanvar oyida Tramp Kuba AQSh xavfsizligi uchun tahdid ekanini bildirgan.

Mart oyida yoqilg‘i tanqisligi sabab mamlakatda ikki marta keng ko‘lamli elektr uzilishlari kuzatildi. Kuba rahbariyati bosimga qarshi turishga tayyorligini bildirgan. Shu bilan birga, rasmiy Gavana AQSh kompaniyalari bilan hamkorlikka ochiqligini ma’lum qilgan.

Qaynoq24.uz aqin Sharqdagi keskinlik fonida neft narxi 3 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.