O‘zbekistonda dollar kursi 13,16 so‘mga pasayib, 12 010,45 so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirildi.
Yevro kursi 36,10 so‘mga arzonlab, 13 200,69 so‘mga tushdi. Britaniya funt sterlingi 22,17 so‘mga pasayib, 15 842,98 so‘mni tashkil etdi.
Shveysariya franki 10,56 so‘mga arzonlab, 14 294,75 so‘mga, Xitoy yuani esa 1,67 so‘mga pasayib, 1 801,75 so‘mga teng bo‘ldi. Rossiya rubli kursi esa 0,10 so‘mga oshib, 145,64 so‘mni tashkil etdi.




