Eronda Ali Xomanaiy dafn etildi

Foto: Majid Asgaripour/WANA/REUTERS
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Eronning sobiq oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy 10-iyul kuni mamlakat sharqidagi Mashhad shahrida dafn etildi. Marosim u halok bo‘lganidan to‘rt oydan ortiq vaqt o‘tib tashkil qilindi.

Xomanaiyning Eron bayrog‘iga o‘ralgan tobuti Imom Rizo maqbarasiga olib kirildi. Maqbara tashqarisida minglab odamlar to‘planib, marosim davomida duolar tingladi. Eron davlat telekanali IRIB sobiq oliy rahbarning jasadi Imom Rizo maqbarasidagi xotira zaliga qo‘yilganini ma’lum qildi.

Dafn marosimida Xomanaiyning o‘g‘li va vorisi Mojtaba Xomanaiy omma oldida ko‘rinish bermadi.

Foto: Reuters

Ali Xomanaiyning dafn etilishi bir hafta davom etgan motam yurishlari, ommaviy yig‘ilishlar va xotira tadbirlaridan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Marosimlar AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik yana kuchaygan davrga to‘g‘ri keldi.

AQSh kuchlari Eron hududiga ketma-ket ikkinchi kecha zarba berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp hujumlarni Eronning javob zarbalariga qarshi “qasos” deb atadi. Eron esa Bahrayn, Quvayt va Qatardagi obyektlarga hujumlar bilan javob qaytardi.

Eron davlat OAVlariga ko‘ra, AQShning so‘nggi zarbalari oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining uch nafar a’zosi halok bo‘lgan. Hukumat matbuot xizmati esa hujumlarda jami 14 kishi halok bo‘lgani va 78 kishi jarohatlanganini bildirgan.

Shuningdek, Eron Iordaniyaning Azraq shahridagi Muvaffaq Salti aviabazasiga o‘nta ballistik raketa uchirganini ma’lum qildi. Ushbu baza AQSh kuchlarining mintaqadagi tayanch nuqtalaridan biri sifatida tilga olinmoqda.

Qaynoq24.uz AQSh Eron hududiga yana zarba bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.