Samsung One UI 9.0 dasturiy ta’minotini nafaqat flagman va o‘rta toifadagi smartfonlarda, balki arzon Galaxy modellarida ham ichki sinovdan o‘tkazishni boshladi. Hozircha One UI 9.0’ning ommaviy beta versiyasi faqat Galaxy S26 seriyasi uchun mavjud, biroq kompaniya boshqa qurilmalar uchun ham yangilanishni tayyorlash jarayonini faollashtirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A07, Galaxy A17 va Galaxy A16 modellari Samsung test serverlarida One UI 9.0 sinov proshivkasi bilan ko‘ringan. Bu ushbu smartfonlar yangilanishni boshqalardan tezroq oladi degani emas. Biroq erta sinov Samsung‘ga dasturiy ta’minotni barqaror holatga keltirish, muhim xatolarni oldindan aniqlash va yangilanishni belgilangan muddatda chiqarish imkonini beradi.
Kelgusi haftalarda Samsung One UI 9.0 ommaviy beta dasturini boshqa qurilmalarga ham kengaytirishi mumkin. Xususan, Galaxy S25 seriyasi beta sinovga qo‘shilishi ehtimoli bor. Biroq byudjet Galaxy modellari uchun ommaviy beta ochilishi kutilmayapti. Bunday qurilmalar, odatda, sinov bosqichidan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri barqaror yangilanishni oladi.
One UI 9.0 barqaror versiyasi yangi buklamali Galaxy smartfonlari bilan bir vaqtda taqdim etilishi kutilmoqda. Samsung ularni kelasi oy bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked tadbirida namoyish qilishi mumkin. Shu sababli kompaniya hozirdanoq turli segmentdagi qurilmalarda dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazib, yangilanishni imkon qadar muammosiz chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Smartfonlar:
| Seriya | One UI 9.0 ichki sinovida ko‘ringan modellar |
|---|---|
| Galaxy S | Galaxy S25, Galaxy S25+, Galaxy S25 Ultra |
| Galaxy S | Galaxy S24, Galaxy S24+, Galaxy S24 Ultra, Galaxy S24 FE |
| Galaxy S | Galaxy S23, Galaxy S23+, Galaxy S23 Ultra |
| Galaxy Z | Galaxy Z Fold 7, Galaxy Z Flip 7 |
| Galaxy A | Galaxy A57, Galaxy A56, Galaxy A55, Galaxy A54 |
| Galaxy A | Galaxy A35, Galaxy A34, Galaxy A25, Galaxy A24 |
| Galaxy A | Galaxy A17, Galaxy A16, Galaxy A07 |
| Galaxy Tab S | Galaxy Tab S11, Galaxy Tab S11 Ultra |
| Galaxy Tab S | Galaxy Tab S10+, Galaxy Tab S10 Ultra |
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy M47 smartfoni qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


