AQSh Hormuz bo‘g‘ozida Eron kemasini to‘xtatdi

Foto: Azer News
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eron bayrog‘i ostidagi yuk kemasi to‘xtatilganini ma’lum qildi. Hodisa Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida yuz bergan. Bu haqda Haqqin.az nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, kema Bandar-Abbos portidan chiqib, blokadani chetlab o‘tishga uringan. U Eron qirg‘oqlari bo‘ylab harakatlangan. AQShning USS Spruance harbiy kemasi uni to‘xtatgan. Kema qayta yo‘naltirilib, yana Eron tomon qaytarilgan.

CENTCOM bayonotiga ko‘ra, blokada boshlanganidan beri birorta ham kema o‘ta olmagan. Hozir hududda o‘nta harbiy kema joylashtirilgan. AQSh Eron portlariga kirib-chiqayotgan kemalarga cheklov qo‘ygan. Natijada dengiz orqali savdo deyarli to‘xtatilgani aytilmoqda. Harbiylar har qanday urinishlarga qarshi choralar ko‘rishga tayyorligini bildirgan.

Qaynoq24.uz AQSh 13-apreldan Eron portlarini blokada qilishi haqida yozgan edi. Shu bilan birga, AQSh Hormuz bo‘g‘ozida erkin harakatga to‘sqinlik qilmasligini bildirdi. Noyob strategik yo‘lak bo‘lib qolayotgan bo‘g‘oz ochiq saqlanadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.