Soliq qoidabuzarliklari bo‘yicha 33 mingga yaqin murojaat kelib tushdi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilning yanvar–mart oylarida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali 33 mingga yaqin murojaat yuborilgan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Murojaatlarning asosiy qismi xarid cheki bermaslik bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu turdagi shikoyatlar 26 882 tani tashkil etgan. Shuningdek, 1 153 ta holatda to‘lovni plastik karta orqali qabul qilmaslik qayd etilgan. Yana 64 ta murojaatda karta uchun narxni sun’iy oshirish holati aniqlangan.

Qolgan 4 714 ta murojaat boshqa turdagi soliq huquqbuzarliklariga tegishli.

Shu bilan birga, 8 303 ta murojaat ko‘rib chiqilmagan. Bunga ularning takroriy ekani yoki tadbirkorlik subyektida tekshiruv jarayoni davom etayotgani sabab bo‘lgan. Kelib tushgan murojaatlar asosida 19 104 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Ularning 99,3 foizida huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Qoidabuzarliklar haqida xabar bergan fuqarolar rag‘batlantirilgan. 14 364 ta holat bo‘yicha ularga undirilgan jarimaning 20 foizi ajratilgan. Jami mukofot summasi 9,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz soliq bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar kuchaytirilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.