BAA OPEK tashkilotidan chiqishini ma’lum qildi

Foto: Getty images
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yaqin oylarda OPEC va OPEK+ ittifoqidan chiqishini ma’lum qildi. Mamlakat qariyb 60 yil davomida ushbu tashkilot a’zosi bo‘lib kelgan.

BAA rasmiylariga ko‘ra, bu qaror global energiya talabining o‘sishiga moslashish uchun qabul qilingan. Mamlakat ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta sarmoya kiritgan va endi kvotalarsiz ishlashni xohlamoqda.

Energetika vaziri chiqish orqali mamlakatga ko‘proq erkinlik berilishini ta’kidladi. Bu esa neft qazib olish hajmini mustaqil ravishda oshirish imkonini beradi. Tahlilchilar bu qarorni OPEK uchun jiddiy zarba deb baholamoqda. Ayrim ekspertlar buni tashkilotning zaiflashuvi boshlanishi sifatida ko‘rmoqda.

Bu qaror Donald Tramp uchun ham siyosiy jihatdan muhim hisoblanadi. U avvalroq OPEKni neft narxlarini sun’iy yuqori ushlab turishda tanqid qilgan edi.

Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi mojarolar sabab neft yetkazib berish keskin kamaygan. Natijada bu yil energiya narxlari o‘rtacha 25 foizga oshishi mumkin. Shuningdek, Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish tiklanishi uchun kamida olti oy kerak bo‘lishi aytilmoqda. Bu hudud orqali dunyo neftining muhim qismi o‘tadi.

Mutaxassislar fikricha, BAAning chiqishi qisqa muddatda bozorga katta ta’sir qilmaydi. Bunga asosiy sabab logistika muammolari va yetkazib berishdagi uzilishlardir. Ammo uzoq muddatda vaziyat o‘zgarishi mumkin. BAA kunlik neft qazib olishni yana 1 mln barrelga oshirishi ehtimoli bor.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, BAA 2024-yilda kuniga 2,9 mln barrel neft ishlab chiqargan. Saudiya Arabistoni esa kuniga 9 mln barrel bilan yetakchi hisoblanadi. Ekspertlarning aytishicha, BAAda neft qazib olish tannarxi past. Shu sabab u narxlar tushgan taqdirda ham foyda ko‘ra oladi. Bu esa mamlakatni ko‘proq neft sotishga undaydi.

Qaynoq24.uz “Drujba” orqali Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi to‘xtatilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.