Xiaomi Civi 6 Pro smartfoni qanday xususiyatlar bilan chiqadi

Foto: Xiaomi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xiaomi kompaniyasi Civi liniyasida ilk bor Xiaomi Civi Pro versiyani taqdim etishi mumkin. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Yangi sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bu yil Xiaomi Civi 6 va Xiaomi Civi 6 Pro modellarini chiqarishni rejalamoqda. Avvalgi avlodlarda Civi seriyasi faqat bitta model bilan cheklangan edi. Endi esa standart va Pro variantlar o‘rtasida sezilarli farq bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oddiy model 6,59 dyuymli 1.5K displey va MediaTek Dimensity 8500 protsessoriga ega bo‘ladi. Pro versiya esa kattaroq — 6,83 dyuymli ekran hamda kuchliroq Dimensity 9500 chipi bilan jihozlanadi. Kameralar qismi ikkala modelda ham kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Ular 50 megapikselli periskop telefoto modul va 5 karra optik zum bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, Leica bilan hamkorlik davom etadi. Bu esa rang uzatish va surat sifati yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Yangi Xiaomi Civi 6 seriyasi yilning birinchi yarmida taqdim etilishi mumkin. Biroq model dastlab faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqishi ehtimoli yuqori.

Qaynoq24.uz Xiaomi 17T smartfoni qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.