To‘rt Yevropa davlati Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilmoqchi

Foto: Globalloohpress
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya AQSh bilan erishilgan kelishuvdan so‘ng Eronga qarshi ayrim sanksiyalarni bekor qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda to‘rt davlatning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

Bayonotda Yevropa davlatlari AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumini olqishlagan. Shu bilan birga, ular Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ushbu masalada AQSh hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi — MAGATE bilan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirgan.

«Biz Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha aniq va ishonchli qadamlar tashlagan taqdirda tegishli sanksiyalarni bekor qilishga tayyormiz», — deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa London minalarni tozalash bo‘yicha ko‘p tomonlama mustaqil mudofaa missiyasini tashkil etishga tayyorligini alohida qayd etdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan tinchlik kelishuviga erishilganini ma’lum qilgan edi. U kelishuv yakunlanganini bildirib, Hormuz bo‘g‘ozining ochilishiga ruxsat berilganini aytgan.

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy ham AQSh bilan memorandum bo‘yicha ishlar yakunlanganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat 19-iyun, juma kuni Jenevada imzolanadi.

Kelishuv Eron yadro dasturi, Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligi va xalqaro sanksiyalar masalasida yangi diplomatik bosqich boshlanishidan darak bermoqda. Shu bilan birga, sanksiyalarni bekor qilish Eronning kelgusidagi amaliy qadamlariga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Qaynoq24.uz AQSh va Eron kelishuvi ortidan neft narxi pasaygani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.