Samsung kompaniyasi tomonidan Samsung Galaxy A27 smartfonining narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Insayder Abhishek Yadav X ijtimoiy tarmog‘ida Samsung India’ning mamlakatdagi chakana sotuvchilarga yuborgan xabariga o‘xshash suratni e’lon qildi. Unda Galaxy A27’ning Hindistondagi uchta konfiguratsiyasi va ularning narxlari ko‘rsatilgan.
Hozircha Galaxy A27’ning Hindistonda aynan qachon sotuvga chiqishini rasman ochiqlamagan. Yevropada smartfon yetkazib berilishi 2026-yil 3-iyuldan, AQShda esa 14-iyuldan boshlanishi kutilmoqda. Qurilma Samsung‘ning Hindistondagi rasmiy saytida paydo bo‘lgani sababli, uning mamlakatda tez orada sotuvga chiqarilishi ehtimoli yuqori.
Samsung Galaxy A27 narxi avvalgi Galaxy A26 modeliga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lmoqda. Samsung Galaxy A26’ni Hindistonda 24 999 rupiy boshlang‘ich narxda chiqargan edi. Yangi Galaxy A27’ning eng arzon versiyasi esa 31 999 rupiydan baholangan. Bu Galaxy A27 boshlang‘ich narxi bo‘yicha avvalgi modeldan taxminan 28 foiz qimmatroq ekanini anglatadi.
Jadval:
| Galaxy A27 versiyasi | Rupiyda narxi | Dollarda taxminan |
|---|---|---|
| 6 GB + 128 GB | 31 999 rupiy | 336 dollar |
| 8 GB + 128 GB | 34 999 rupiy | 368 dollar |
| 8 GB + 256 GB | 40 499 rupiy | 425 dollar |
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy M47 5G 29-iyun kuni taqdim etilishi haqida yozgan edi.


