Qaynoq24 Telegramda kuzating

Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi

Foto; Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda dollar kursi pasayib, 12 ming so‘mdan pastga tushdi. Markaziy bank belgilagan yangi kursga ko‘ra, 1 AQSh dollari 11 980,36 so‘mni tashkil etdi. Dollar bir kunda 30,09 so‘mga arzonladi.

Yevro qariyb 67 so‘mga arzonladi

Yevro kursi ham sezilarli pasaydi. 1 yevro 13 134,07 so‘m etib belgilandi, bu avvalgi ko‘rsatkichdan 66,62 so‘mga past.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

Britaniya funt sterlingi esa 79,22 so‘mga arzonlab, 15 763,76 so‘mni tashkil etdi. Shveysariya franki 79,8 so‘mga pasayib, 14 214,95 so‘mga tushdi.

Xitoy yuani kursi 4,57 so‘mga arzonlab, 1 797,18 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Uning rasmiy kursi 0,02 so‘mga pasayib, 145,62 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank e’lon qilgan asosiy xorijiy valyutalarning barchasi so‘mga nisbatan arzonladi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.