Apple kompaniyasi Google texnologiyalari asosidagi yangi Siri AI’ni taqdim etdi

Foto: Shack News
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Apple kompaniyasi WWDC 2026 konferensiyasida yangi Siri AI yordamchisini taqdim etdi. Kompaniya bu xizmatni ikki yil oldin va’da qilgan edi.

Yangi Siri AI Apple Intelligence platformasi asosida ishlaydi. U Google’ning Gemini neyrotarmog‘ining maxfiy versiyasidan foydalanadi. Yangilangan yordamchi ekrandagi ma’lumotlarni tahlil qila oladi. U foydalanuvchi nomidan ayrim vazifalarni ham bajaradi.

Masalan, Siri AI ovqat buyurtma qilishi, xat yuborishi yoki rasm orqali joyni topishi mumkin. Shuningdek, u internetdan ma’lumot izlaydi, fayllar bilan ishlaydi va eslatmalar o‘rnatadi. Yordamchi suratdagi obyektlarni aniqlay oladi. Ovqat rasmi bo‘yicha kaloriyani hisoblash funksiyasi ham qo‘shilgan.

Apple’ga ko‘ra, Siri AI qurilma tizimi va ilovalari bilan bevosita ishlaydi. Shu sababli u foydalanuvchidan ortiqcha aniqlik kiritishni talab qilmasdan vazifa bajara oladi.

Siri AI Spotlight tizimi bilan ham integratsiya qilingan. Bu unga qurilmadagi fayllar, qaydlar va xabarlar mazmunini hisobga olish imkonini beradi. Kompaniya maxfiylik masalasiga alohida e’tibor qaratilganini bildirdi. So‘rovlar qurilmaning o‘zida yoki Apple Private Cloud Compute orqali qayta ishlanadi.

Dastlab Siri AI faqat ingliz tilida ishlaydi. U iPhone 17 Pro, iPhone 17 Air, M3 va undan yangi chipli Mac hamda M4 chipli iPad’da mavjud bo‘ladi.

Siri’ning tashqi ko‘rinishi ham yangilandi. Endi unda avvalgi animatsiya o‘rniga Dynamic Island interfeysi ishlatiladi.

Yordamchi iPhone, iPad, Mac, Apple Watch, Vision Pro, CarPlay va AirPods tizimlariga integratsiya qilinadi. Mac’da esa Siri Spotlight va alohida ilova orqali ishlaydi.

Apple yangi Siri AI bilan birga iOS 27 tizimini ham taqdim etdi. Uning ilk beta versiyasi dasturchilar uchun ochildi. iOS 27’ning ommaviy beta versiyasi iyulda chiqadi. Yakuniy reliz esa kuzda taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz Samsung kompaniyasi Apple’ni ortda qoldirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.