Geely Radar elektromobil pikap brendini to‘liq sotib oladi

Foto: Geely
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Geely Auto Radar Auto kompaniyasining asosiy operatsion tuzilmalaridagi qolgan ulushni sotib olmoqchi. Bitim qiymati taxminan 218 mln yuan, ya’ni $32 mlnni tashkil etadi.

Bu haqda kompaniyaning Gonkong fond birjasiga taqdim etgan hujjatlarida ma’lum qilindi. Bitim Radar Auto Shandong, Radar Auto Sales va Radar Thailand kompaniyalarini qamrab oladi. Kelishuv yakunlangach, elektr pikaplar ishlab chiqaruvchi Radar brendi Geely Auto‘ning to‘liq sho‘ba korxonasiga aylanadi.

Radar Auto 2021-yilda Geely Holding Group tomonidan yangi energiya manbalarida harakatlanadigan pikaplar brendi sifatida tashkil etilgan. Kompaniya ayrim xorijiy bozorlarda Riddara nomi bilan faoliyat yuritadi.

Brend asosan elektr pikaplar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Ular sayohat, kemping, yuk tashish va tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Sotib olishdan keyin Radar Auto Geely’ning pikap yo‘nalishidagi umumiy biznesiga integratsiya qilinadi. Bu jarayon China Star mahsulot rejalashtirish tizimi doirasida amalga oshiriladi.

Radar avtomobillari Shandun provinsiyasidagi Zibo aqlli ishlab chiqarish zavodida ishlab chiqariladi. Kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq va Afrikada savdo tarmog‘ini kengaytirmoqda.

Geely so‘nggi vaqtlarda plagin-gibrid pikaplarni xorijiy strategiyasining muhim qismi sifatida ilgari surmoqda. Kompaniya yil boshida tog‘li va sovuq hududlar uchun mo‘ljallangan Riddara plagin-gibrid pikaplarini taqdim etgan edi.

Qaynoq24.uz Geely Monjaro i-HEV avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.