“Erta aralashuv” xizmati kimlar uchun yo‘lga qo‘yiladi

Foto: SI / Grok
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Hukumat qarori bilan nogironligi belgilangan va rivojlanishida ortda qolish xavfi bor bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, xizmat belgilangan tashxislar bo‘yicha nogironligi aniqlangan, tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ko‘rsatiladi. Shuningdek, oilaviy shifokor xulosasi asosida rivojlanishida ortda qolish xavfi bor 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ham xizmatdan foydalanadi.

Bundan tashqari, rivojlanishida ortda qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1 yoshdan 3 yoshgacha bolalar ham qamrab olinadi. “Erta aralashuv” xizmatini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan nodavlat tashkilotlar elektron reyestrga kiritiladi.

Bolaning otasi yoki onasi xizmatdan foydalanish uchun “Inson” markaziga murojaat qilishi mumkin. Ariza Davlat xizmatlari markazi, my.gov.uz portali yoki “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali ham yuboriladi. So‘rovnoma tasdiqlangach, 1 ish kuni ichida bolaga elektron vaucher shakllantiriladi.

Vaucher berilgan kundan boshlab ota-ona 30 kun ichida undan foydalanishni boshlashi kerak. Buyurtma nodavlat tashkilot tomonidan qabul qilingach, 10 ish kuni ichida bolaning “Erta aralashuv” rejasi ishlab chiqiladi.

Bu reja bolaning ota-onasi bilan birgalikda tayyorlanadi. Xizmat vaucher amal qiladigan muddat davomida ko‘rsatiladi. U 6 kunlik ish haftasida, soat 08:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.

Qaynoq24.uz Qurbon hayitida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga 200 dollar berilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.