O‘zbekistondagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi 27-may, chorshanba kuni o‘qiladi. Bu haqda Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda hayit namozi ertalab soat 05:10 da ado etiladi.
Hududlarda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari quyidagicha belgilangan:
| Hudud | Namoz vaqti |
|---|---|
| Andijon | 05:05 |
| Namangan | 05:05 |
| Farg‘ona | 05:05 |
| Toshkent shahri | 05:10 |
| Toshkent viloyati | 05:10 |
| Sirdaryo | 05:20 |
| Jizzax | 05:20 |
| Samarqand | 05:30 |
| Surxondaryo | 05:30 |
| Qashqadaryo | 05:35 |
| Navoiy | 05:35 |
| Buxoro | 05:35 |
| Xorazm | 05:50 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 05:55 |
Idora izohiga ko‘ra, ushbu vaqtlar quyosh chiqqanidan keyingi 15–20 daqiqalik farq inobatga olingan holda belgilangan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanishi haqida yozgan edi.

