BYD kompaniyasi avtopilot xatolari uchun sug‘urta joriy qildi

Foto: BYD
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyning BYD kompaniyasi haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlari uchun sug‘urta qamrovini kengaytirdi. Endi qoplama Urban Navigate funksiyasidan foydalanish paytida yuzaga kelgan zararlarni ham o‘z ichiga oladi.

Carscoops ma’lumotiga ko‘ra, bu BYD’ga o‘z avtopilot tizimlari uchun sug‘urta qamrovini taklif qilgan ilk avtomobil ishlab chiqaruvchi sifatida chiqish imkonini berdi. Kompaniya 2025-yil iyul oyidan Intelligent Parking funksiyasi uchun sug‘urta dasturini yo‘lga qo‘ygan edi. Endi ushbu yondashuv Urban Navigate tizimiga ham tatbiq etilmoqda.

BYD ma’lumotiga ko‘ra, Urban Navigate funksiyasi God’s Eye avtopilot tizimining bir qismi hisoblanadi. Sug‘urta qamrovi faqat dasturiy ta’minotning 5.0 yoki undan yuqori versiyasida amal qiladi. Kompaniya Urban Navigate avtopilot rejimida sodir bo‘lgan YTH natijasidagi zararlarni qoplashga tayyor. Biroq buning uchun avtomobil egasi belgilangan qoidalarga amal qilgan bo‘lishi kerak.

Sug‘urta muddati bir yil bilan cheklangan. Shundan keyin tizimdan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy xavflar haydovchining zimmasiga o‘tadi.

BYD bunday qaror orqali o‘z texnologiyalariga ishonchini namoyish qilmoqda. Kompaniyaning ta’kidlashicha, uning haydovchiga yordam tizimlari hozir 60 dan ortiq modelda qo‘llanmoqda.

Bu tizimlarga ega avtomobillar umumiy hisobda qariyb 3 mln donaga yetgan. CarNewsChina ma’lumotiga ko‘ra, BYD avtonom harakat rejimidagi jiddiy avariyalar soni inson boshqaruvidagi holatlarga qaraganda olti baravar kam bo‘lganini bildirgan.

Shuningdek, Intelligent Parking funksiyasi yoqilgan holatda yuz bergan chizilishlar va kichik to‘qnashuvlar soni qo‘lda parkovka qilishdagi shunga o‘xshash holatlarga nisbatan taxminan 50 baravar kam bo‘lgani aytilmoqda.

Qaynoq24.uz yangi BYD Atto 3 elektromobili bir haftada 30 mingdan ortiq buyurtma olgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.