Markaziy bank tomonidan 29-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 mln 190 ming so‘mdan sotilmoqda.
Bir kun avval 5 grammli quyma 9 mln 185 ming so‘m bo‘lgan edi. Shunday qilib, uning narxi 5 ming so‘mga oshdi. 10 grammli quyma 10 ming so‘mga qimmatlab, 18 mln 380 ming so‘mga, 20 grammli quyma esa 21 ming so‘mga ko‘tarilib, 36 mln 761 ming so‘mga yetdi.
50 grammli oltin quymaning sotish narxi 52 ming so‘mga oshib, 91 mln 902 ming so‘mni tashkil etdi. 100 grammli quyma esa bir kunda 104 ming so‘mga qimmatlab, 183 mln 804 ming so‘mga baholandi.
Shu bilan birga, quymalarni qaytarib sotib olish narxlari pasaydi. Qadog‘i but saqlangan 5 grammli quyma 7 mln 704 ming so‘mga, 10 grammlisi 15 mln 408 ming so‘mga, 20 grammlisi esa 30 mln 816 ming so‘mga qaytarib olinadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib olish | Qadog‘i buzilgan yoki talabga mos kelmagan holatda |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 190 000 so‘m | 7 704 000 so‘m | 7 626 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 380 000 so‘m | 15 408 000 so‘m | 15 252 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 761 000 so‘m | 30 816 000 so‘m | 30 504 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 902 000 so‘m | 77 039 000 so‘m | 76 261 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 804 000 so‘m | 154 078 000 so‘m | 152 521 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 29-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


